“Tottenxem” klubi "Real"ga o'tishi kutilayotgan Kristian Eriksen o'rniga futbolchi topdi.
AS nashrining xabar berishicha, "shporlar" daniyalik futbolchi o'rniga “Betis”ning argentinalik havbeki Jovani Lo Chelsoni olib kelmoqchi.
Londonliklar 23 yoshli futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, futbolchini “Manchester Yunayted” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.