“Nant” klubi bosh murabbbiyi Klaudio Raneri “Milan”ning yosh darvozaboni Janluiji Donnarumma haqida o'z fikrlarini aytdi.
“Donnarumma sotqin? Juda kulgili eshitilmoqda. Agar u «Milan»ning imkoniyatlariga ishonsa, yangi shartnoma imzolaydi. Donnarumma uchun muhimi pul emas, balki professional faoliyat hisoblanadi. Agar Jiji Italiyada qoladigan bo'lsa, uning “Milan”ga bo'lgan mehri cheksiz ekanini tushunish mumkin. Ammo futbolda kutilmagan hodisalar yuz berib turadi”, - dedi Raneri.
Avvalroq, Donnarummaning “Real” klubiga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi.