«Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robben 2009 yilda nima uchun «Real»ni tark etganini aytib o'tdi.
«Real»da prezident almashgani tufayli muammolarga duch kelgandim. Yaxshi o'ynab tursangu, o'yinga siyosat aralashishi sababli boshlang'ich tarkibda maydonga tushish imkoniyatini yo'qotsang — g'alati bo'lar ekan. Men kurashish yoki boshqa jamoaga o'tishdan birini tanlashim kerak edi.
Gap faqat Krishtianu Ronalduda emas. Florentino Peres prezident lavozimiga qaytganidan keyin, u Ronaldu, Kaka, Benzema va Xabi Alonsoni sotib oldi. «Real» katta xarajat qildi va ularni qoplash ba'zi futbolchilarni sotmoqchi ekanligini aytishdi.
Men uchun alamli bo'lgandi. Boisi, bosh murabbiy Manuel Pellegrini bilan yaxshi munosabatga ega edim va mavsumoldi yig'inda eng yaxshi ishlaganlardan biri bo'lgandim», – dedi Robben.