PSJning braziliyalik himoyachisi Dani Alves bir necha yillar avval “Real”ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“To'g'risisni aytaman, men 95 foiz “Real”da edim. Ammo “Sevilya”ning sobiq prezidenti Del Nido ularning taklifini rad etgan. O'sha vaqtda menga “Chelsi” tomonidan ham qiziqishlar bo'layotgan edi. Shu sababli men “Sevilya”da qolishga qaror qilgandim. Men deyarli “Real Madrid”da edim, ammo bu sodir bo'lmadi.
“Real”ga o'tmaganimdan xursandman. Sababi men “Barselona”da o'ynayshni bolaligimdan orzu qilardim. Unda “Real” g'alaba qozonardi, ammo u erga borishni xohlamadim. Men yangi narsalarni qo'rishga qiziqib qoldim, va biz buni “Barselona”da qildik”, -deydi Dani Alves.