“Valyadolid” klubi direktori Ronaldo jamoasida “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni ko'rmoqchi.
Sports.es nashrining tarqatgan ma'lumotlariga ko'ra, afsonaviy braziliyalik futbolchi vatandoshiga barqaror o'yin amaliyti taklif qilmoqda. Jamoa futbolchini ijaraga olmoqchi.
Ayni damda 18 yoshli futbolchining “Real”dagi taqdiri noaniq bo'lib turibdi. Agar Eden Azar jamoaga keladigan bo'lsa, Vinisius zaxira futbolchisiga aylanib qolishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Vinisius “Real” safida 31ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urgan va 12ta golga assistentlik qilgan.