Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi yarim himoyachisi Nabi Keyta o'zining kelajagi haqida gapirib o'tdi.
Futbolchiga «Liverpul» klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo Keytaning o'zi boshqa jamoaga o'tishni xohlamoqda.
«O'tgan yili menga «Arsenal», «Liverpul», «Sautgempton» va «Manchester Siti» klublaridan qiziqish bo'lgandi. Umid qilamanki, ikki-uch mavsumdan so'ng yuqori darajaga etib, dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynayman. Men «Real», «Barselona» va «Man Siti» klublarini nazarda tutmoqdaman» – deydi Keyta Sky Sports nashriga.