«Real» hujumchisi Karim Benzema klubning 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada 31 yoshli futbolchi g'olib chiqdi.
«Jahonning eng yaxshi jamoasi safida ushbu sovrinni ilk marta qo'lga kiritganimdan xursandman. Qo'llab-quvvatlab turganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bilaman, mavsum biz uchun qiyin kechdi. Kelasi mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz», – dedi Benzema.
Benzema mavsum davomida 53ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.