"Real" klubi "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichni xarid qilish fikridan voz kechdi. "Burgutlar" 21 yoshli forvard uchun 100 mln evro talab qilgani bois, madridliklar mazkur transferni amalga oshirmaslikka qaror qilishdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, endi "Barselona" klubi serbiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlaydi. Kataloniyaliklar ancha vaqtdan beri Yovichni kuzatib kelishmoqda.
Luka Yovich ushbu mavsumda 48ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.