Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl “Betis”ga qarshi o'yindan so'ng muxlislar bilan xayrlashmadi.
Bu o'yin uelslik futbolchi uchun “Real” safida so'nggisi bo'lsa-da, u maydonga chiqmadi va o'yin tugangandan keyin kiyinish xonasiga otlandi.
Qolgan futbolchilar tribunadagi muxlislar bilan xayrlashishdi va tashakkur bildirishdi.
Ta'kidlab o'tish joiz Beyl “Betis”ga qarshi o'yindan tashqari “Vilyarreal” (3:2) va“RealSosedad”ga bilan bo'lgan o'yinlarda qaydnomaga ham kiritilmadi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum 29 yoshli futbolchi “Real” safida 42 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 6 ta golga hammualifflik qildi.