Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl “Betis”ga qarshi o'yindan so'ng kiyinish xonasida norozi bo'ldi.
“Menda yana uch yillik shartnomam bor. Agarda ular meni ketishimni xohlashsa, har bir mavsum uchun 17 mln evro to'lashlari kerak. Yo'qsa men qolaman. Agarda golf o'ynash kerak bo'lsa, o'ynayman”, - deydi Beyl.
Bugungi o'yinda Beyl zahirada qoldi. Avvalroq uelslik futbolchi ikkita o'yinda qaydnomaga kiritilmadi.