Chili terma jamoasi yetakchisi Arturo Vidal Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga nisbatan yomon so'z aytmaganini shaxsan o'zi aytib o'tdi.
"Men hech qachon bunday demaganman, bu yolg'on. Men o'z hamkasblarimga bunday so'zlarni hech qachon ishlatmayman. Krishtianu Ronalduni imkoniyatlarini yuqori baxolayman va uni butunlay xurmat qilaman. Ronaldu mening o'g'lim Alonsoni eng yoqtirgan kumiri hisoblanadi. Morata Madrid kiyinish xonasiga uni olib keldi va o'g'lim bilan suratga tushirib Ronaldu imzosi qo'yilgan futbolkani sovg'a qildi." - deydi Vidal.