“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Betis”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Endi biz kelasi mavsum haqida o'ylashimiz kerak va yana muxlislarimizni xursand qilishimiz lozim. Biz yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik olib borishni rejalashtiryapmiz.
Kelasi mavsumga nima qilishimizni aytmayman, lekin jamoa boshidan boshlab to oxirigacha barcha sovrinlar uchun kurashadi.
Bu klub tarixidagi yagona omadsiz mavsum emas va keyin yomon kundan keyin doim yaxshi damlar keladi.
Ishlarimiz yomon bo'lsa buni qabul qilish kerakligini doimo ta'kidlaganman. Biz 11 ta o'yin o'tkazdik va shundan beshtasida g'alaba, to'rttasida mag'lub bo'ldik va oxirida nima bo'lsa bo'ldi.
O'zimizni oqlashga urinmaymiz. Yomon o'yinlardan keyin har doim uzr so'raganman, chunki ma'suliyat bizning bo'ynimizda”, - deydi Zidan.