Kanterano faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
"Kastilya" himoyachisi Filipp Linxart faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Frayburg" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avstriya U-21 bosh murabbiyi Verner Grigoritsh Linxart haqida shunday deydi: "Filipp - futbolchi sifatida faoliyatini qanday saviyada davom ettirishni belgilab olishi kerak. U biladi hozir uning faoliyatida burilish yasaydigan payt. Segunda B - u uchun kuchli chempionat emas. Yaxshisi Germaniya bundesligasiga ko'chib o'tishi kerak. "Frayburg" keyingi mavsumda Yevropa Ligasida harakat qiladi, Linxart uchun bu yer eng ideal joy."
20 yoshli himoyachi ushbu mavsumda "Kastilya" tarkibida barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushishga muvoffaq bo'ldi. Avstriyalik himoyachi "Madrid" libosida 2015-yil Rafael Benites davrida Qirol kubogi 1/16 uchrashuv doirasida "Kadis"ga qarshi o'yinda o'z debyutini o'tkazgan edi.