Turinning “Yuventus” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu “keksa sinoralar”ga kim murabbiy bo'lishini xohlashini aytdi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik yulduz jamoa postida sobiq murabbiyi Karlo Anchelottini ko'rmoqchi va bu haqda rahbariyatga aytgan.
Murabbiyning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti avval ham 1999-2001 yillari “keksa sinoralar” safida ishlagan. Shuningdek u 2013/15 yillari Ronaldu bilan birga “Real Madrid”da ishlagan.