«Real» ertaga, yakshanba kuni «Betis»ga qarshi La Liga so'nggi tur o'yini bilan mavsumni yakunlaydi. Bugun jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashdi.
Mundo Deportivo`ning xabar berishicha, anjumanda «qaymoqranglilar» ustozidan o'g'li Luninni jamoaning ikkinchi raqamli posboniga aylantirishga qaror qilgani haqidagi xabarlarga izoh so'rashdi.
«Darvozabonlar masalasiga kelsak, bu qarorni men qabul qilaman. Qarorim anchagina tushunarli bo'ladi. Men murabbiyman va nimani zarur deb bilsam, doim shuni qilaman. Agar vaziyat boshqacha tus olsa, u holda ketaman», – dedi Zidan.
«Betis»ga qarshi o'yin 19 may kuni «Santyago Bernabeu»da Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.