«Real» klubi rahbariyati Neymarning "qirollik klubi" safida o'ynashni istashini rasman e'lon qilishini xohlashyapti.
"Real" bir necha marta Neymarni sotib olishni istadi, ammo bu borada keskin qadam tashlamoqchi emas. Peres Nosir Al-Xelaifi bilan munosabatlar yomonlashishini xohlamayapti. Shu bois "qirollik klubi" agar Neymar "Real"ga o'tmoqchi ekanligini rasman ma'lum qilsa, vaziyat osonlashadi, deb hisoblashmoqda.