"Barselona" vitse-prezidenti Jordi Mestre "Real"ni ayollar jamoasi yo'qligi uchun tanqid qildi. Bu haqda "ESPN" nashri yozmoqda.
"Ispaniyada ayollar chempionati kuchayib bormoqda. Televidenie orqali o'yinlar namoyishi ko'paymoqda. Bu muxlislar va homiylarni o'ziga jalb qiladi.
Ispaniyada bir nechta klublarning ayollar jamoalari bor: "Atletik", "Real Sosedad", "Atletiko". Ammo "Real"da ayollar jamoasi yo'q — bu sharmandalik", — dedi Mestre.