"Atletiko" klubi "Real"da o'yin amaliyatiga kamroq ega bo'layotgan yarimhimoyachi Markos Lorenteni qo'shib olmoqchi.
"Hindular" ispaniyalik 24 yoshli futbolchini mavsum oxirida klubdan ketishi kutilayotgan Rodri Ernandesga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
"Atletiko" Lorentining yaqinlari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazishga ulgurgan.
"Real" o'z navbatida futbolchisini printsipial raqibiga bermishni istamaydi, shuning uchun Lorente uchun 50 mln evro so'ramoqda.
APL klublari futbolchi uchun "Atletiko"dan ko'ra qulayroq shartnoma taklif qilishga tayyorlar. Bunda "Real" futbolchini chet elga arzonroqqa ham sotishi mumkin.