"Real" hujumchisi Garet Beyl Xitoyga yo'l olishi mumkin, deya xabar beradi Don Balon.
Manbaga ko'ra, Xitoyning o'z nomini oshkor qilmagan klubi futbolchi uchun 120 milllion evro taklif qildi, futbolchining o'ziga yiliga 30 mln evro maosh va'da qilinmoqda.
Avvalroq, "Real" uelslik futbolchini sotishga qarshi emasligi, ammo uning transfer narxi va yiliga 20 mln evrolik katta maoshi xaridorlarni cho'chitayotganligi xabar qilingan edi. "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" klublarining takliflari 80 mln evrodan oshmagan.