«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z kelajagini hech kim bilan muhokama qilmoqchi emas.
«Men o'z kelajagimni hech kim bilan muhokama qilmayman», – dedi Ronaldu AS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, soliq bilan bog'liq muammolar tufayli Krishtianu «Real»ni tark etishga qaror qildi. "Qirollik klubi" prezidenti futbolchini qo'llab-quvvatlamoqda va uni jamoada olib qolishga harakat qilmoqda.