"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar o'z kelajagi borasida bir qarorga kelganini ma'lum qildi.
– "Chelsi" chempionlar ligasida o'ynasa, sizni olib qolishiga kafolat bormi?
– Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Men bir qarorga kelib bo'ldim, gap shunda.
– Voqealar qanday rivojlanmoqda?
– Hamon kutyapman.
– Klubga o'z qaroringiz haqida ma'lum qildingizmi?
– Ha, ikki hafta avval. Men bir qarorga keldim, ammo u faqatgina menga tegishli emas. Finalni o'tkazib olaylik, keyin, ko'ramiz.
– Mavsum tugaguncha hammasi hal bo'lishini istarmidingiz?
– Shuni xohlagandim, ammo bunday bo'lmadi. Men siz va muxlislar kabi kutyapman. Bo'layotgan voqealar menga hech qanday ta'sir o'tkazgani yo'q. Maydonda ekanimda fikrim to'p va maydonda bo'ladi. Bor gap shu. Maydonga tushsam, eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishga harakat qilaman. Men u yoki bu narsa haqida, o'zim yoki klub atrofidagi vaziyat haqida o'ylamayman. Men g'alaba qozonish haqida o'ylayman", - dedi Azar.