«Real» rahbariyati yozgi transfer paytida qanday bo'lmasin yarim himoyachi Garet Beylni sotib yubormoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, agar futbolchi klubni tark etishni istamasa, u kelasi mavsumda o'rinbosarlar jamoasiga badarg'a qilinadi.
Uelslik futbolchining agenti Jonatan Barnett bayonot berib, Beyl shartnomasining oxirigacha klubda qolishni istayotgani haqida gapirganidan keyin «Real» va o'yinchi o'rtasidagi munosabat sovuqlashdi.
Beyl 2013 yilda «Real» safiga kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. 29 yoshli futbolchi yillik maoshi turli bonuslarni qo'shib hisoblaganda 27 million evroga teng.