"Real" ustozi Zinedin Zidan yozda chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "qirollik klubi" "Lion" himoyachisi Ferlan Mendiga qiziqyapti, ammo "AS"nashrining yozishicha, Zidanda boshqa variant bor. Frantsiyalik mutaxassis yozgi transfer vaqtida "Borussiya"da ijara asosida o'ynayotgan himoyachi Ashraf Hakimini jamoaga qaytarmoqchi.
Ammo bu borada muammo tug'ilishi mumkin. Chunki ijara shartnomasi 2020 yil yozigacha tuzilgan va bitimda "Real" futbolchini oldinroq qaytarib olishi mumkinligi haqida band yo'q.