Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, darvozabonning agenti futbolchining xizmatlarini “MYu”ga taklif qilgan. Shuningdek, “MYu” ayni damdagi posboni David De Xea bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum 32 yoshli Navas “Real” safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol o'tkazib yuborgan.