"Real" klubi asosiy darvozabon borasida yakuniy qarorga keldi. "AS" nashriga ko'ra, Tibo Kurtua yangi mavsumda "qirollik klubi"ning asosiy posboniga aylanadi.
Xabarlarga qaraganda, rahbariyat allaqachon bu haqda belgiyalik posbonga ma'lum qilgan. Garchi Zidan jamoaga qaytganidan keyin Navas asosiy tarkibga qaytgan bo'lsa-da, uning 32 yoshga to'lgani va ayni damda yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani rahbariyatni yuqoridagi qarorga kelishiga sabab bo'lgan.