"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas yurak xurujiga uchraganidan so'ng o'z yaqinlariga xabar jo'natdi. Bu haqida Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli posbon telefonida "Men xotirjamman" deya sms tera olgan.
Eslatib o'tamiz, kecha, 1 may kuni ertalabki mashg'ulotlar vaqtida 37 yoshli posbonda miokard infarkti kuzatilgan. Hozirda uning holati barqaror deb baholanmoqda, hayoti uchun xavf mavjud emas. Endilikda u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.