"Real" klubi "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Pol Pogbaga jiddiy qiziqishda davom etmoqda, ammo unga hozir olayotgan miqdorda maosh to'lamoqchi emas.
"Qirollik klubi" garchi uning kelib qo'shilishi tijoriy samara berishi mumkinligiga qaramay, Pogbaga haftasiga 290 ming funt to'lamaydi. Ta'kidlanishicha, Madrid klubida yuqori miqdordagi maoshlarga biroz ehtiyotkorona munosatda bo'linadi.
Pogbaning manchesterliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan.