"Ayaks" darvozaboni Andre Onana EChL yarimfinalining birinchi o'yinida "Tottenhem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) finalda "Barselona"ga duch kelish ehtimoli haqida gapirdi.
"Barselona" - buyuk jamoa, o'yin esa ajoyib bo'lar edi, ammo bu haqida gapirishga hali erta.
Umid qilamanki, finalga chiqamiz, u erda kim bilan o'ynashning farqi yo'q. "Real" va "Yuventus"ni mag'lub etganimizdan so'ng hech kimda qo'rqmayapmiz. Ammo qaytaraman, bu haqida gapirishga hali erta", - deydi Onana.