«Real» klubi «Lion» yarim himoyachisi Tangi N’Dombelening transfer borasida muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
AS tarqatgan xabarga ko'ra, 22 yoshli futbolchining agentlari "Qirollik klubi"ga N’Dombelening narxini ma'lum qilishdi — 100 million evro. Shunga qaramay, bu shunchaki boshlang'ich narx bo'lib, tomonlar 70-80 million evro atrofida kelishuvga erishishlari mumkin. Avvalroq madridliklar N’Dombele uchun aynan 70 million evro taklif qilayotgani haqida xabar tarqatilgandi.
Yarim himoyachining «Lion» bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan. N’dombele ushbu mavsumda o'z klubi safida jami 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.