Madridning "Real" klubi "Atletiko" himoyachisi 21 yoshli Lukas Ernandezga qiziqmoqda, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
"Qirollik klubi" markaziy himoyachi uchun uning tovon pulida belgilangan 40 mln yevro to'lashga tayyor. Ammo fransiyalik futbolchining o'zi faoliyatini "Atletiko"da davom ettirmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Real" "Atletiko"ning boshqa bir himoyachisi Lukas Ernandezning ukasi Teo Ernandez bilan o'zaro shartnomaga kelishib olgan.