"Real"ning uelslik futbolchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett o'z mijozining fikru o'ylari faqat Madrid bilan bog'liqligini ma'lum qildi.
"Beyl "Real"ga yuz foiz sodiq. Uning munosabati sira o'zgarmagan", - deya Barnettning so'zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 35-turida "Rayo Valekano"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Real" ustozi Zinedin Zidan Beylning jamoaga sodiqligiga shubha qilgan edi.
Avvalroq, "Qirollik klubi" uelslik futbolchini sotishi yoki ijaraga berib yuborishi mumkinligi xabar qilingan edi.