"Rayo Valekano" bosh murabbiyi Pako Xemes "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi har tomonlama ajoyib o'yin ko'rsatdik.
O'yinchilarim bu bilan meni tabriklashdi. Ertga ko'rishamiz. Bugungi quchoqlashishlar etarli. Himoyada yaxshi o'ynadik. Himoyaviy ishlarimiz "quruq" o'yinga olib keldi.
Imkoniyatlarimizdan yuqori o'yin ko'rsatdik. Agar yutqazganimizda hammasi tugashini bilar edik.
Bungacha "Real"ni yutmagan edim. Endi xotirjam o'lsam ham bo'laveradi, axir buni uddaladik", - dedyi Xemes.
Eslatib o'tamiz, "Rayo Valekano" o'z maydonida "Real"ni 1:0 hisobida talsim etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 23-daqiqada Embarba penaltidan kiritdi.