“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Rayo Valekano”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz ilk daqiqalardan boshlab o'yinning oxiragacha hech narsa qila olmadik. Ba'zida vaziyatlardan foydalana olmaysan, lekin bizda vaziyatning o'zi bo'lmadi. Meni jahlim chiqyapti, chunki bizning imijimizga putur etdi.
Men qaytganimdan afsuslanmayman. Bunday qiyin damlarni ham boshdan kechirish lozim. Futbolchilarga aytgan so'zlarim kiyinish xonasida qoldi.
Bu mag'lubiyatga hech qanday izoh bera olmayman. “Xetafe”ga qarshi o'yin, “Atletik” bilan bo'lib o'tgan o'yinda yaxshiroq o'ynashimizga yordam bergan edi.
Men tezroq mavsum yakunlanishini istayman, lekin bizni yana uchta o'yin kutib turibdi. Tuzgan sxemam umuman ish bermadi. Futbolni hurmat qilish kerak.
Men har doim futbolchilarimni himoya qilaman, ammo bugun emas. Lekin bu mag'lubiyatda nafaqat futbolchilar balki, mening ham aybim bor. Rejam ish bermadi”, - deydi Zidan.