Ispaniya La ligasining 35-turi doirasida «Real» klubi ertaga, 28 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi bahs olib boradi.
"Qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzema jamoasining bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Boisi, u chap oyog'ining tizzasidan jarohat olgan. Shu sababli frantsiyalik futbolchi ertangi o'yinda ham maydonga tushmaydi. Benzemaning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida hozircha ma'lumot yo'q.
31 yoshli Benzema "qaymoqranglilar" safida o'zining 9-mavsumini o'tkazmoqda. Ushbu mavsumda Karim barcha musobaqalar doirasida 51ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.