“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola “qizil iblislar”ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etdi.
Eslatib o'tamiz, Pogbaga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Pogba uchun 150 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining transferini “Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning shaxsan o'zi xohlamoqda.