«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 34-turi doirasida bo'lib o'tgan «Xetafe»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Isko? Jamoaning boshqa futbolchilari kabi u muhim o'yinchimiz hisoblanadi. Barchaga o'ynash imkoniyati beriladi — bu mening qarorim. Uning bugungi o'yinidan qoniqish hosil qildim.
Bugun ko'proq natijaga munosib edik. Natijadan qoniqmadim. Lekin, o'ylashimcha, jamoaning o'yini, kontsentratsiyasi va ishtiyoqi yuqori saviyada bo'ldi. Bundan xursandman.
Braim Dias haqida to'xtaladigan bo'lsam, u ajoyib o'yinni o'tkazdi. Uning uchun xursandman. U qo'rqmadi, har ikkala oyog'ida yaxshi zarba beradi va yuqori tezlikka ega.
Murabbiy sifatida Keylor Navasni darvozaga qo'yishni istadim. Ko'ramiz, yakshanba kuni kimni maydonga tushiraman.
«Xetafe» Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi? Hozirda ular bu o'rinni egallab turgan ekan — bu katta natija. Ular yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda va biz ularni mazkur natija bilan tabriklashimiz lozim», – dedi Zidan.