“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua jamoadan ketmoqchi emas, deya xabar beradi ESPN.
Manbaning xabariga ko'ra, belgiyalik darvozabon “Santyago Bernabeu”da baxtli va jamoasini o'zgartirmoqchi emas.
26 yoshli futbolchi matbuotdagi mish-mishlarga e'tibor bermayapti va u xotirjam.
Eslatib o'tamiz, “Real” o'tgan yozda Kurtuani “Chelsi”dan 35 million evroga saotib olgan edi. U joriy mavsum 32ta o'yinda 42ta gol o'tkazib yubordi.