"Don Balon" manbasining yozishicha, Turinning "Yuventus" klubi "Real" posboni Keylor Navasni xarid qilmoqchi. "Yuventus" rahbariyati Voytsex Shesnining barqaror o'ynashiga ishonmayapti, shu bois 32 yoshli kosta-rikalik posbonga e'tibor qaratdi.
Hozircha keyingi mavsumda "Real"da kim asosiy darvozabon bo'lishi noma'lum. Zinedin Zidan Kurtuani afzal ko'ryapti, ammo rahbariyatga yoshroq Tibo Kurtua ma'qul kelmoqda.