“Borussiya” futbolchisi Jeydon Sancho “Real” qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli angliyalik iqtidorni “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning shaxsan o'zi jamoada qo'rmoqchi. Shuningdek futbolchi xizmatlariga “Manchester Yunayted” va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum Sancho 39ta o'yinda 12ta gol urdi va 18ta golga assistentlik qilgan.