Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida ikki nafar futbolchisini ijaraga berib yubormoqchi.
Xesus Valexo va yarim himoyachi Brahim Dias katta ehtimol bilan yangi mavsumni o'zga klubda boshlaydi deb xabar beradi Football Espana.
“Real”da ushbu futbolchilar zahira futbolchilari sanaladi va “rahbariyat” ularga ko'proq o'yin amaliyotini taqdim etmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, 22 yoshli Valexo joriy mavsum “Real”da 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Dias esa 10 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta gol va 1 ta golga assisentlik qildi.