Tibo Kurtua mavsum tugaganidan so'ng “Real”ni tark etishi mumkin.
Libertad Digital va esRadio’ning xabar berishicha, madridliklar yozgi transferlar vaqtida 26 yoshli darvozabonni sotib yuborishni rejalashtirayotgan ekan.
“Real” vakillari belgiyalik posbondan ko'p narsa kutishgan edi, lekin u ishonchi oqlay olmadi.
Shuningdek, rahbariyatga futbolchining shaxsiy hayotidagi sodir bo'layotgan voqealar tok-shoularda muhokama bo'layotgani yoqmagan.
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esaasosiy darvozabon sifatida Keylor Navasni tanladi.