Darvozabon Tibo Kurtua mavsum so'ngida «Real»ni tark etishi mumkin. Libertad Digital va esRadio tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar 26 yoshli posbonni yozgi transfer paytida sotib yubormoqchi.
«Real» belgiyalik darvozabondan yuqori saviyadagi o'yin kutgandi. Ammo u ishonchni oqlamadi. Bundan tashqari, Kurtuaning shaxsiy hayoti matbuotda ko'p muhokama qilinayotgani "Qirollik klubi" rahbariyatiga yoqmayapti.
Shuningdek, «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning asosiy darvozaboni sifatida Keylor Navasga ishonch bildirmoqchi.