"Real" himoyachisi Marselo La liganing 33-turida "Atletik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoadan ketishga tayyorlanyapmanmi? Kelajagim haqida gapirishim shart emas, chunki bu futbolkada baxtiyorligimni hamma biladi.
"Real" - mening uyim. Bu futbolka kiyish va dunyoning eng yuqori cho'qqisida turishingiz uchun terlashingiz kerak bo'ladi. O'ynamagan vaqtimda ham jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlashdan to'xtamaganman.
Benzema? Biz Karimning qanday sifatga ega ekanini va uning jamoa uchun qilayotgan ishlarini bilamiz. U etakchilarmizdan biri. Uning gollaridan xursandman. Ammo Karim ham gollaridan emas, bizga kerak bo'lgan g'alabadan ko'proq xursand bo'ladi", - deydi Marselo.