Ispaniya La ligasining 33-turi doirasida bo'lib o'tgan Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o'yinda «Real» muxlislari yarim himoyachi Garet Beylga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
Uelslik futbolchi boshlang'ich tarkibdan o'rin olmadi va zaxira o'yinchisi sifatida qaydnomadan o'rin oldi.
Beyl ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va u to'p bilan muomala qilgan paytda muxlislar uni hushtakbozlik bilan kutib olishdi.