Londonning “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.
Daily Star nashrining xabariga ko'ra, daniyalik futbolchi uchun kurashda myunxenliklar etakchilik qilyapti.
Eslatib o'tamiz, futbolchini Madridning “Real” klubi ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi 85 million evroga baholanmoqda.