Madridning "Atletiko" klubi "Real" yarimhimoyachisi Mateo Kovachichni xarid qilish taklifi bilan chiqdi, ammo rad javobini oldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" Ispaniyadagi eng asosiy raqiblaridan birining tarkibini o'z futbolchisi bilan kuchaytirishni istamagan.
Ma'lumot uchun, hozir ijara asosida "Chelsi"da o'ynayotgan xorvatiyalik xavbekning keyingi mavsumni qaerda o'tkazishi masalasi ochiq turibdi. "Chelsi" FIFA tomonidan qo'yilgan taqiq tufayli ijara muddati yakunida, ya'ni shu yozda uning to'la transfer huquqini sotib ola olmaydi. O'z navbatida, Mateo "Real"ning ham kelgusi rejalaridan o'rin olmagan.
Eslatib o'tamiz, Kovachichga «Inter», «Roma» va «Zenit» klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.