“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning yozgi transferlarda amalga oshiradigan xaridlari haqida so'z ochdi.
- Menga kim keragligini o'zim yaxshi bilaman va ushbu transferlar haqida rahbariyat bilan suhbatlashaman. Lekin hozir emas. Ular kim ekanligini ham aytmayman.
– Peres sizni “Real”ga qaytarish uchun nimalarni va'da berdi?
– Men vaziyatni o'zgartirishni istadim, hech qanday shart qo'yganim yo'q. Biz jamoani avvalgi holiga qaytarish haqida suhbatlashdik va shuningdek futbolchilarni kelajagi borasida bir qarorga keldik. Ko'ramiz, qanday transferlar bo'lar ekan, ammo o'zgarishlar aniq bo'ladi.
– Aytishlaricha, “Real” kimnidir sotib olishi uchun futbolchilarini sotib yuborishi kerak ekan.
– Bu haqida gapirishga hali vaqtimiz bo'ladi. Bu har futbolchi bilan ro'y berishi mumkin. “Real” har doim kuchli futbolchilarni taklif qiladi. Tan olish kerak, joriy mavsum biz uchun og'ir o'tdi, shuning uchun vaziyatni o'zgartirish shart.
Beylning kelajagini hali muhokama qilmadik”, - deydi Zidan.