«Real»ning o'ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosola jarohat oldi. U Vinisius bilan to'p uchun kurashda maydonga noqulay yiqildi.
O'yinchi mashg'ulotni muddatidan avval yakunlab, to'laqonli tekshiruvdan o'tish uchun klinikiga yuborildi. U erda shifokorlar Odriosolaning elka qismidagi suyagi singanini aniqlashdi.
Ushbu jarohat tufayli futbolchini operatsiya qilish kerakmi yoki yo'q — hozircha aniq emas. Har qanday holatda ham u mavsum oxiriga qaday maydonga qayta olmaydi.
Odriosola ushbu mavsumda 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol muallifiga aylangan.