"Real" rahbariyati yozda xarid qilinishi mumkin bo'lgan futbolchilarni ikki toifaga ajratdi, deb xabar tarqatdi "El Confidencial".
Manbaning yozishicha, "qirollik klubi"ning "arzon" va "qimmat" transfer maqsadlari bor.
Arzon variant bu "Chelsi" a'zosi Eden Azar va "Ayntraxt" futbolchisi Luka Yovich bo'lib, "Real" bu futbolchilar uchun 200 mln evro sarflamoqchi. Shuningdek, "PSJ" a'zosi Adrian Raboni tekinga qo'lga kiritmoqchi.
Ikkinchi variant esa "Liverpul" hujumchisi Sadio Mane va "Manchester Yunayted" a'zosi Pol Pogbadir. Buning uchun "qirollik klubi" 300 mln evrodan ko'proq sarflashi kerak bo'ladi.