Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida "Real" safarda "Leganes" bilan durang o'ynadi.
Statistikaga bag'ishlangan "Opta" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Zidan boshqaruvidagi hozirgi "Real" bitta o'yinda o'rtacha gol o'tkazib yuborish borasida Santyago Solari yoki Lopetegi davridagiga nisbatan yomonroq natija qayd etmoqda.
"Qirollik klubi" boshqaruviga Zidan kelganidan keyin jamoa La liga doirasida bitta o'yinda o'rtacha 1,5tadan gol o'tkazib yubormoqda. Lopetegi paytida bu ko'rsatkich 1,4ta golga teng bo'lgan bo'lsa, Solari davrida 1,05ta golga teng bo'lgan edi.
Ma'lumot o'rnida. Ispaniya chempionatining 32-turidan keyin "Real" La liga jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadamdan 13 ochko, 2-o'rindagi "Atletiko" 4 ochko ortda qolmoqda.